Turan: "Barselona" Chempionlar ligasini ketma-ket ikki marotaba yutgan birinchi jamoa bo'lmoqchi"

Aslanov Jasurbek
20 yanv 2016, 12:12
"Barselona" futbolchilari ketma-ket ikkinchi marotaba Chempionlar ligasida g'alaba qozonmoqchi.

"Biz yana bir bor Chempionlar ligasini yutishni istaymiz. Bu mavzuni juda ko'p muhokama qilamiz. Biz Chempionlar ligasini ketma-ket ikki marotaba yutgan birinchi jamoa bo'lmoqchimiz.

"Atletiko" va "Real" o'rtasidagi Chempionlar ligasini eslaydigan bo'lsak, rosa yig'laganman va o'yinni oxirini boshqa tomosha qilmadim" - deydi Turan.

Ikki Madrid jamoalari 2013/14 mavsumda Chempionlar ligasi finalida to'qnash kelgan. "Atletiko" 1:0 hisobida g'alaba qozonayotgan edi, ammo bahsning so'nggi daqiqalarida "Real" hisobni tenglashtiradi va qo'shimcha bo'limlarda g'alabani ilib ketadi (1:4).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca