

38 yoshli turkiyalik murabbiy bilan shartnoma 2 yillik muddatga tuzilgan. Turanning so'nggi ish joyi 2023 yildan buyon boshqargan "Eyupsor" bo'ldi. Birinchi to'liq mavsumida u jamoani tarixda birinchi marta Superligaga olib chiqdi. Turkiya oliy ligasidagi debyut mavsumida esa jamoa 6-o'rinni egalladi va evrokuboklar zonasidan atigi 1 ochkoga ortda qoldi.
Doneckning "Shaxtyor" klubi Ukraina Premer-ligasi mavsumini 62 ochko bilan 3-pog'onada yakunladi. Arda Turan shogirdlari kelasi mavsumda Yevropa Ligasining saralash bosqichida ishtirok etadi.



