“Trastbank” jamoasini kim to'xtatadi?

Narzulla Saydullayev
25 may 2017, 11:52
Xabaringiz bor, Qashqadaryo viloyatida bank xodimlari o'rtasida viloyat chempionati bo'lib o'tmoqda.

Qiziqarli kechgan saralash bahslaridan keyingi bosqichga yo'llamani qulga kiritgan sakkiz jamoa navbatdagi bahslarga kirishdi.

Kecha Qarshi shahridagi suniy qoplamali maydonlarda 2-tur doirasidagi 4-uchrashuv bo'lib o'tdi.

Turnir peshqadami “Trastbank” jamoasi 2-turda “Mikrokredit bank” jamoasi o'stidan yirik 5-0 hisobida g'alaba qozonishdi. O'tgan tur uchrashuvida “trast”chilar “Ipoteka bank” jamoasini ham ayab o'tirishmadi ular naqd raqib darvozasiga 7 to'p kiritishdi.  Yakuniy hisob 7-1 ko'rinishida bo'ldi.

Navbatdagi 3-tur bahslari kelgusi haftaning seshanba oqshomida o'tkaziladi.

Mazkur bahslarda qo'yidagi natijalar qayd etildi:

  1-tur

“Trastbank”- “Ipoteka bank” 7:1   
“Sanoat qurilish bank”- “Ipak yo'li bank” 1:1
“Milliy bank”- “Mikrokredit bank” 3:4
“Markaziy bank”- ” Agrobank”3:1   

  2-tur
“Ipak yo'li bank”- “Ipoteka bank” 2:0   
“Sanoat qurilish bank”- “Agrobank ” 0:1
“Milliy bank”- “Markaziy bank” 2:1
“Mikrokredit bank”- ” Trastbank”0:5


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia