“Tottenxem” La Liga jamoasi murabbiyi bilan muzokara o'tkazmoqda

Eldor Akmurzayev
21 apr 2021, 19:45
Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Tottenxem” “Atletik” bosh murabbiyi Marselino Garsiyani jamoaga taklif qilmoqchi. Marselinoning “Atletik” bilan shartnomasi 2022 yil yozida tugaydi.

55 yoshli mutaxassis 2021 yil yanvaridan beri La Liga klubida ishlamoqda. “Atletik” uning boshqaruvida “Barselona”ni mag'lub (3:2) etib, Ispaniya Kubogini qo'lga kiritdi.

Hozirda “shporlar”ga 29 yoshli Rayan Meyson vaqtincha murabbiylik qilmoqda. U 19 aprel kuni iste'foga chiqarilgan Joze Mourinyuning o'rnini egalladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Athletic