"Tottenxem" ikki futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
22 iyun 2020, 19:25
"Tottenxem" matbuot xizmati darvozabon Mishel Vorm hamda himoyachi Yan Vertongen bilan shartnoma uzaytirilganligini ma'lum qildi.

Futbolchilar karantin sababli kechroq davom ettirilgan mavsumni jamoa tarkibida yakunlab qo'yishadi. Shuningdek, "shporlar" yana bir qancha futbolchilar bilan shartnomani uzaytirish niyatida.

30 turdan keyin "Tottenxem" turnir jadvalining 8-pog'onasini egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/spurs