Toshkentda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylar uchun o'quv kurslari bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
18 mar 2017, 11:29
Shu yilning 20–24 mart kunlari Toshkent shahridagi “Chig'atoy” o'quv-mashg'ulotlar bazasida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylar uchun “Level 1 B” xalqaro murabbiylik sertifikati kurslari o'tkaziladi.

O'quv kurslar O'zbekiston futbol Federatsiyasi hamda Osiyo futbol konfederatsiyasi hamkorligida  tashkil etiladi.

Amaliy va nazariy mashg'ulotlarni OFKning eronlik instruktori G'ulom Reza Jahoniy olib boradi.  OFK instruktoriga O'FF texnik bo'limi boshlig'i Olim Arifov assistentlik qiladi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com