Andijonda futzal murabbiylari uchun mahsus o'quv kurslari tashkil etilmoqda

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2019, 18:57
Andijonda futzal murabbiylariga Level 1 toifasidagi murabbiylik licenziyasi uchun maxsus o'quv kurslari tashkil etilmoqda.

Mashg'ulotlarni OFK instruktori Avaz Maksumov va kurs kordinatori Farrux Zakirovlar olib borishmoqda.

Futzal murabbiylari uchun tashkil etilayotgan maxsus o'quv kursining nazariy mashg'ulotlari Andijon futbol maktabida tashkil etilayotgan bo'lsa, amaliy mashg'ulotlar Andijon shahridagi 2-BO'SM zalida o'tkazilmoqda. Mazkur o'quv kurslari 12-17 yanvar kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan bo'lib, hozirda 20 nafar futzal murabbiylari mashg'ulotlarda ishtirok etmoqdalar.

Bekzod Tolibov tayyorladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia