

Jumladan, joriy yilning 15 aprel kuni Toshkentda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylar uchun OFKning Level 1 o'quv-kurslari boshlanadi. O'quv kurslarini FIFA va OFK instruktori iordaniyalik Muhammad Tiyabat olib boradi. Kurslarda jami 16 nafar fitnes murabbiylari ishtirok etishadi.
O'quv kurslari 19 aprelga qadar davom etadi. Imtihonlarni muvaffaqiyatli yakunlagan murabbiylarga OFKning Level 1 xalqaro sertifikatlari topshiriladi.



