Yevropaning to'rt klubi Mertens bilan shartnoma imzolashni xohlamoqda

Alisher
4 may 2020, 13:55
"Napoli" hujumchisi Dris Mertens yozda klubini o'zgartirishi mumkin.

Belgiyalik futbolchining Neapol klubi bilan tuzgan shartnomasi iyun oyining so'nggida yakuniga etadi.

Xabarlarga ko'ra, Mertens uchun to'rtta Yevropa klubi raqobatlashmoqda. "Inter", "Chelsi", "Monako" va "Nyukasl" klublari yaqin transferlar oynasida o'yinchini tekinga o'z saflariga qo'shishga harakat qilishadi.

Bundan tashqari, "Valensiya", "Sevilya" va Madridning "Atletiko" klubi raqobat qilayotgan xavbek Xose Kalexon ham "Napoli"dan ketishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: corrieredellosport.it