
“Juda ham kam go'l o'tkazganligi sabab “Atletiko” Chempionlar ligasi finaliga chiqdi. Biz ulardan namuna olishimiz kerak. Bosh murabbiyimiz Luis Felipe Skolari himoyachilardan himoyaga ko'proq e'tibor berish kerakligini so'ramoqda. Agar biz gol o'tkazmasak, 1:0 hisobidagi g'alaba bizni qoniqtiradi. Men bu gapni hujumchilarimiz darajasidan kelib chiqib aytyapman”, - deydi Silva “Marca” nashriga.