

"Ko'pchilikning fikricha, 32 yosh - qari. Lekin, men faoliyatimning eng yorqin damlarini o'tkazyapman. Jahon chempionatigacha hali uzoq vaqt bor. PSJda o'z darajamni ushlab tura olsam, Mundialga bora olaman. Terma jamoadan chetda qolib ketganimda o'zimni yomon his qildim. Bolalar mendan nima uchun Neymar bilan birga o'ynamayotganligimni so'rashdi. Men esa ularga terma jamoaga qaytishimni aytdim. Umid qilamanki, 40 yoshgacha futbol o'ynayman. Maldinidan o'rnak olmoqchiman", - deydi braziliyalik himoyachi.



