Terma jamoamiz futbolchilari qaysi klub maktabidan chiqmoqda?

Narzulla Saydullayev
20 avg 2014, 11:52
11 avgust kun O'zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Mirabror Zufarovichning PFL murabbiylari va rahbarlari bilan bo'lib o'tgan yig'ilishi asosida Milliy terma jamoamizga qaysi klub qanday hissa qo'shayotganini aniqlab chiqdik.
Ayni vaqtda Ozarbayjonda bo'lib turgan Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O'zbekiston Milliy terma jamoasi asosida klublarning terma jamoaga mehnatini tahlil qilib o'tamiz.

Aytib o'tish kerakki ushbu tahlil davomida futbolchining ayni vaqtdagi klubi yoki asosiy tarkibda maydonga tushgani emas,  aynan klub maktabining roli va yetishtirib bergan futbolchilar sanab o'tiladi.

"Paxtakor" - Ayni vaqtda milliy terma jamoaga eng ko'p futbolchi aynan "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchilaridan yetishib chiqmoqda ekan.
Jumladan darvozabon Nikita Ribkin, himoyachilar Egor Krimec, Davron Hoshimov, yarim himoyachilar Jamshid Iskanderov, Vladimir Kozak, hujumchi Igor Sergeevlardir. "Paxtakor" futbol maktabida taxsil qolgan olti futbolchi ayni vaqtda milliy terma jamoamizda. Demak "Paxtakor"ning mehnati O'zbekiston milliy terma jamoasiga eng yuqori bo'lmoqda.

"Mashal" - Bugungi kunga kelib "Nasaf" safida asosiy tarkib o'yinchilariga aylanib ulgurgan Eldor Suyunov va Farrux Sayfievlar ham aynan "Mashal" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari hisoblanadi.  Undan tashqari "Lokomotiv" sharafini himoya qilib kelayotgan Fozil Musaev ham ushbu klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'ladi. Sherzod Fayziev esa hamon klubi safida va jamoa sardoridir. Milliy terma jamoamizning bugungi kundagi tarkibiga "Mashal" to'rt nafar munosib futbolchilar yetishtirib bergan va klubning terma jamoaga hissasi shundan iborat.

"Bunyodkor" - O'zining tarkibini tarbiyalanuvchilari bilan to'ldirayotgan "qaldirg'ochlar" ham milliy terma jamoamizga munosib futbolchilar etkazib berishda munosib hissa qo'shmoqda. Klub tarbiyalanuvchilari hisoblangan Sardor Rashidov va Dilshod Jo'raev "Bunyodkor" klubimiz mehnati hisoblanadi.

"Neftchi" - Istedodlar maskani bo'lgan Farg'ona maktabi mahsuli sifatida Islom To'xtaxo'jaev va Pavel Smolyachenkoni misol qilib keltirishimiz mumkin. Ushbu ikki futbolchi ham aynan "Neftchi" futbol maktabi tarbiyalanuvchilari hisoblanadi.

Undan tashqari "Lokomotiv" maktabidan Bobur Yuldashev, "Navbahor" maktabida Azim Ahmedov, "Dinamo" maktabida Salim Mustafoev, "Metallurg"dan Shahzod Nurmatov, "Orol"dan Navruz Olimovlar bo'lib , ushbu futbolchilar ayni vaqtda nafaqat klubining balki o'z futbol maktabining yuzi hamdir.

Misol tariqasida aytadigan bo'lsak, Navruz Olimovning muvafaqiyatlaridagi nafaqat "Qizilqum" muxlislari balki ulardan ham ko'proq "Orol" muxlislari va mehnati singan insonlar xursand bo'lishiga shubhalanmaymiz.

Oliy ligada faoliyat olib borayotgan klublarning mehnati , ayniqsa klub maktabining hissasi aynan milliy terma jamoaga etkazib bergan futbolchilar bilan baholanadi.

Humoyun Davurov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz