Ter Shtegendan so'ng Barselonaning yana bir yetakchisi jarohat oldi

Khoja
26 sen 2024, 09:30
Kecha Barselona La Liganing navbatdagi turida Xetafeni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuvda 90 daqiqa harakat qilgan bo'lishiga qaramasdan, Lamin Yamal  bahsda to'pig'idan jarohat olgan. Hujumchining jarohati jiddiy emas. Aniq xulosa, 16 yoshli futbolchini tibbiy ko'rikdan o'tganidan so'ng ma'lum bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Lamin Yamal joriy mavsum La liganing barcha uchrashuvlarida maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 5 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com