Ter Shtegen "Portu"ga qarshi o'ynamaydi

Mirjalol Normatov
28 noya 2023
"Barselona" posboni Mark-Andre ter Shtegen "Portu"ga qarshi o'yin qaydnomasidan o'rin olmadi.

Oldinroq posbonning belidagi og'riq noqulaylik tug'dirayotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi. Kecha u jamoa bilan mashg'ulot o'tkazmadi.

Ushbu uchrashuv qaydnomasiga Serji Buskets kiritildi. U jarohatidan to'laqonli forig' bo'ldi. Roberto so'nggi marta 8 oktyabr kuni maydonga tushgandi.

"Barselona" - "Portu" uchrashuvi bugun tunda soat 01:00da start oladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona