Ten Xag nima sababdan "Manchester Yunayted" va "Barselona" qayta uyg'onishi kerakligini aytdi

Mirjalol Normatov
16 fev 2023, 19:27
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag bugun bo'lib o'tadigan "Barselona"ga qarshi o'yindan nimalar kutayotganini aytdi.

"Ikkala klubning ham maqsadi - YCHL. Ular bu turnirda chorak final, yarim final va xatto bosh sovrinni o'ylashadi. Ammo fakt shundaki, biz Yevropa Ligasidamiz. Shu sababli bu ikkala klub qayta uyg'onishi kerak. Bugungi o'yin zo'r bo'ladi, balki, g'alaba ikkala tomonga ham yordam berar. Shunday o'yinlar orqali jamoalar o'sadi.

"Barselona"ning statistikasiga qarasangiz, albatta, maqtovga sazovor. Ular yaxshi himoyalanishmoqda, biroq, menimcha, ularning asosiy sifati - to'pni ushlab turishida. To'p sizdami, raqib gol ura olmaydi", - dedi ten Xag.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Manchester Evening News