

"Ikkala klubning ham maqsadi - YCHL. Ular bu turnirda chorak final, yarim final va xatto bosh sovrinni o'ylashadi. Ammo fakt shundaki, biz Yevropa Ligasidamiz. Shu sababli bu ikkala klub qayta uyg'onishi kerak. Bugungi o'yin zo'r bo'ladi, balki, g'alaba ikkala tomonga ham yordam berar. Shunday o'yinlar orqali jamoalar o'sadi.
"Barselona"ning statistikasiga qarasangiz, albatta, maqtovga sazovor. Ular yaxshi himoyalanishmoqda, biroq, menimcha, ularning asosiy sifati - to'pni ushlab turishida. To'p sizdami, raqib gol ura olmaydi", - dedi ten Xag.



