Ten Xag MYUning chempionlik uchun kurashi haqidagi savolga javob qaytardi

Aziz Tukhtamuradov
6 yanv 2023, 08:51
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag chempionlik uchun kurash haqidagi savolga javob berdi.

"Bu haqida o'ylamayapman. Mavsumning ushbu qismida bu narsaga e'tibor qaratish kerak emas. Chunki oldinda ko'p o'yin bor. 

Mavsum uzoqqa cho'ziladi, ayniqsa oldinda o'yinlar ko'p bo'lganda. Chalg'ish kerak emas. Juda uzoqqa qarab yuborsangiz chalg'ib ketasiz. 

O'yin, rivojlanish va jamoaviy mehnatga asosiy e'tiborni qaratish lozim. Barcha gap shunda. Hali yaxshilashimiz kerak bo'lgan ko'plab jihatlar bor. E'tiborni shunday narsalarga qaratish haqida o'ylash kerak", - dedi ten Xag. 

Eslatib o'tamiz, MYU 17 ta o'yindan so'ng APL jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sky Sports