Tayyorlov guruhlari final bosqichiga qur'a tashlandi

Narzulla Saydullayev
23 okt 2019
Superliga va Pro liga jamoalari tayyorlov guruhlari o'rtasidagi O'zbekiston birinchiligining final bosqichiga qur'a tashlandi.

Samarqand, Qashqadaryo, Andijon hamda Toshkent viloyati futbol assotsiatsiyasi nazorati ostida o'tkazilgan dastlabki bosqichda o'z guruhlarida 1-4-o'rinlarni egallagan jamoalar final bosqichiga yo'l oldi. Final bosqichiga yetib kelgan Sho'rtan va Mashal so'nggi pallada hal qiluvchi bosqichda ishtirok eta olmasligini ma'lum qildi, ularning o'rni Toshkentning ikki jamoasi Chig'atoy hamda Oq-tepa bilan to'ldirildi. O'yinlar 24-31 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi. B va D guruhi jamoalari Bunyodkor akademiyasi maydonlarida hisob-kitob qilsa, A guruhiga Oq-tepa, S guruhi o'yinlariga Chig'atoy sun'iy qoplamali maydoni mezbonlik qiladi. O'z guruhlarida 1-2-o'rinlarni egallagan jamoalar chorak finalga yo'l oladi. Final 31 oktyabrga belgilangan.

A guruhi
Paxtakor
Lokomotiv
So'g'diyona
Oq-tepa

B guruhi
Bunyodkor
Yangier
Navbahor
Qizilqum

S guruhi

AGMK
Istiqlol
Chig'atoy
Buxoro

D guruhi

Nasaf
Qo'qon-1912
Neftchi
Metallurg


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com