”Loko–2006” – Respublika chempioni!

Mirjalol Normatov
23 noya 2019, 16:07
2006 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida o'tkazilgan Superliga va Proliga klublarining tayyorlov guruhlari musobaqasi o'z yakuniga etdi.

Musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuviga dadil yetib kelgan ”Lokomotiv” futbol maktabining 2006 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari bugun chempionlikni nishonlashdi.

Chig'atoy maydonida tashkil etilgan final o'yini Qarshining ”Nasaf” klubi yoshlariga qarshi kechib, bunda ”Loko” futbolchilari 1:0 hisobida zafar quchishdi. Uchrashuvning birinchi taymida Mirsaliev Dilshod tomonidan kiritilgan gol o'yin oxirigacha saqlanib turdi va shu tariqa bahs 1:0 hisobida ”Loko” foydasiga hal bo'ldi.

Musobaqa yakunlangach g'olib va sovrindorlarga medallar va faxriy yorliq topshirildi. Chempionlik Kubogini ko'tarish esa yosh "temiryo'lchilar"ga nasib etdi. Qo'lga kiritilgan ushbu muvaffaqiyat bilan Sunnat Ro'ziev va uning shogirdlarini tabriklab qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: lokomotiv.uz