1999-2000 yillarda tug'ilgan tayyorlov guruhlari o'rtasidagi Respublika Birinchiligi final bosqichi davom etmoqda

Narzulla Saydullayev
11 dek 2017, 09:11
Qarshi shahrida joylashgan "Nasaf"PFK qoshidagi futbol maktabida bo'lib o'tayotgan 1999-2000 yillarda tug'ilgan oliy va birinchi liga tayyorlov guruhlari o'rtasidagi Respublika Birinchiligining final bosqichi davom etmoqda.

Kecha saralash bahslarining so'nggi turiga doir uchrashuvlar bo'lib o'tdi. “Buxoro” – “Nasaf” jamoalari o'rtasida uchrashuvda, Nurali Sultonov va Nasim Shoyimov shogirdlari ikkinchi bahsda xam ikkinchi g'alabasini qulga kiritishdi va o'z guruxida yaqqol peshkadamga aylanishdi. Ular buxorolik yosh futbolchilarini 2:0 hisobida mag'lub etishdi.

Yosh nasafchilar "A" guruhida birinchi o'rin bilan yarim final bahsiga yul olishdi.

Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi.

Paxtakor – Mashal 4:1

Lokomotiv – Sho'rtan 3:3

Bugungi uchrashuvlardan so'ng yarim final juftliklari aniq bo'ldi. Unga ko'ra, “Nasaf” – “Paxtakor”, “Lokomotiv” – “Neftchi” va “Buxoro” – “Mashal” jamoalari yarim finalda bahs yuritishadi.


Bugun yarim final uchrashuvlari boshlanadi.
Quyida yarim final uchrashuvlari taqvimini e'tiboringizga havola qilamiz.

Yarim final uchrashuvlari taqvimi (11 dekabr)

10.”Nasaf” – “Paxtakor”              1-sun'iy maydon. Boshlanishi soat 10:00da

11.”Lokomotiv”  – “Neftchi”          1-sun'iy maydon. Boshlanishi soat 12:00da

12.”Buxoro” – “Mashal”                2- tabiiy maydon. Boshlanishi soat 12:00da


12-13 dekabr kunlari uchinchi o'rin uchun va Birinchilikning final uchrashuvlari bo'lib o'tadi.


Faxriddin Choriev.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia