Superligaga chiqqan "Turon" klubi tarkibiga Tojikiston terma jamoasi a'zosi qo'shildi

Narzulla Saydullayev
13 dek 2020, 12:55
Kelasi 2021 yilda superligada qatnashadigan Yaypanning "Turon" jamoasi Tojikiston terma jamoasi a'zosi Umarjon Sharipovni tarkibga qo'shib oldi.

Umarjon Sharipov 2000 yil 5 - iyun kuni Tojikistonning Hisor shahrida tug'ilgan. 2017 yildan Boxtar shahrining Xatlon jamoasida o'ynamoqda. Umarjon 2020 yilgi Tojikiston oliy ligasi o'yinlarida 17 marta maydonga tushib 5 ta golga mualliflik qilgan. Tojikiston terma jamoasidagi debyut o'yinini esa 2020 yil 3-sentyabr kuni Toshkentda bizning terma jamoamizga qarshi o'rtoqlik o'yinida o'tkazgan. U o'yinning 83-daqiqasida zaxiradan Jahongir Ergashev o'rniga tushgan. Rossiyaning www.transfermarkt.ru saytining yozishicha Umarjon Sharipovning transfer narxi 200 ming evroni tashkil qiladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia