Sulsher: "MYU 30 yil davomida chempion bo'lmasligi mumkin emas"

Mirjalol Normatov
17 yanv 2020, 20:51
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoasining chempionlik uchun kurashi haqida gapirdi.

- "Liverpul" 1990 yildan buyon chempion bo'la olmayapti. "Manchester Yunayted" ham ushbu jamoa kabi parallel vaqt o'tkaza oladimi?

- Bunday bo'lmasligi uchun borimizni beramiz. Umuman olganda bunday holatlar jamoaga doimo dars bo'lishi kerak.

"Liverpul" bir necha bora chempionlikka yaqin kelgan. Biroq biz chempionlik uchun 26  yoki 30 yil kuta olmaymiz. Shuningdek, bunday bo'lmasligiga 100 foiz aminman.

Biz ko'zlangan jarayonni boshladik, endi davomi qanday bo'lishini kuzatishimiz kerak, - dedi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal