Suares Liverpuldan Arsenalga o'tishi uchun sudga murojaat qilmoqchi

Narzulla Saydullayev
3 avg 2013, 08:48
Liverpul hujumchisi Luis Suares klub rahbariyatidan uni sotib yuborishlarini qanday qilib so'rashni o'ylamoqda, deb xabar bermoqda BBC.
Urugvay terma jamoasi a'zosi bu borada sudga murojaat qilmoqchi. Suaresning aytishicha Arsenalning 40 million va 1 funtlik taklifi uning shartnomasiga mos keladi va transfer qilinishi mumkin.

2012 yil futbolchi Liverpul klub bilan yangi shartnoma tuzganida unda quyidagi band bor edi: Agar klub Chempionlar ligasiga chiqa olmasa va boshqa klublar unga 40 million funtdan ko'proq pul taklif qilishsa Liverpul uni sotib yuborishi mumkin.

Ammo Liverpul rahbariyati bu band faqat og'izaki bo'lganini takidlamoqda va uni qo'yib yubormoqchi emas. Suares o'zini aldangandek his qilmoqda va Arsenal ga o'tmoqchi ekanini Brendan Rodjersga aytib bo'lgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru