Suares koronavirusga manfiy test topshirdi va bugun "Atletiko"ning umumiy guruhiga qaytadi

Alisher
4 dek 2020, 11:16
"Atletiko" forvardi Luis Suares safga qaytmoqda.

Urugvaylik futbolchi koronavirusga manfiy test topshirdi va bugun jamoaning umumiy guruhiga qo'shiladi.

Suares "Atletiko"ning Chempionlar Ligasi va La Liga doirasidagi 4 o'yinini o'tkazib yubordi, ammo endi u "Valyadolid"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.

33 yoshli forvard joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: atleticodemadrid.com