Srna Ukraina chempionatida 300-uchrashuvini o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
8 noya 2015
Shaxter himoyachisi Dario Srna Ukraina chempionati doirasidagi Aleksandriyaga qarshi o'yinda (3:2) maydonga tushdi.

Shunday qilib, 33 yoshli xorvat Ukraina premer-ligasida o'zining 300-uchrashuvini o'tkazdi.

Srna Shaxter safida 2003 yil 12 iyulida Metallurg Z bilan o'yinda (3:0) debyut qilgandi. 100-uchrashuvni 2008 yilda, 200-o'yinni 2011 yil o'tkazgandi. Srna Ukraina chempionatida o'yinlar soni bo'yicha Shaxter rekordichisi hisoblanadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: shakhtar.com