"Spartak" futbolchisi ertaga "Sevilya"ga o'tadi

Aslanov Jasurbek
29 avg 2018, 21:47
"Spartak" yarim himoyachisi Kuinsi Promes ertagayoq "Sevilya" futbolchisiga aylanishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, ispan klubi Promes uchun 21 mln evro to'laydi, gollandiyalik esa klub bilan 4 yilga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekadi.

"Sevilya" "Lion" hujumchisi Mariano Diasni xarid qila olmaganidan so'ng, e'tiborini Promesga qaratdi.

Kuinsining Andalusiya klubiga o'tishi deyarli rasmiylashtirilgan. Tomonlar faqat imzo chekishsa bo'lgani.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Спорт-Экспресс