Rasman: Promes "Sevilya" futbolchisi FOTO

Tolibjon Qosimov
31 avg 2018, 16:28
"Spartak" yarim himoyachisi Kuinsi Promes rasman "Sevilya"ga o'tdi.

Gollandiyalik futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolandi. Andalusiyaliklar xavbek uchun 21 million evro to'lashadi.

Promes 2014 yildan buyon "qizil-oqlar" tarkibida to'p tepib keladi. Shu vaqt davomida u Rossiya chempioni, Rossiya Superkubogi va Rossiya chempionati bronza medali sohibi bo'ldi. Kuinsi "Spartak" safida 135ta o'yin o'tkazib, 66ta gol urdi va 23ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sevillafc.es