Son Koreya tarixidagi eng yirik yong'indan aziyat chekkanlarga 100 ming funt xayriya qildi

Aslanov Jasurbek
15 apr 2019, 14:08
Janubiy Koreya aholisi o'rmon yong'inlaridan aziyat chekmoqda.

Mamlakat hukumati bu ofat mamlakat tarixidagi eng yirik yong'in deb atamoqda. Ma'lum bo'lishicha, o'rmon yong'ini transformatordagi nosozlikdan so'ng paydo bo'lgan. Yong'in oqibatida 2 kishi halok bo'ldi va 400ga yaqin uylar yonib ketdi.

"Tottenxem"ning janubiy koreyalik yarim himoyachisi Son Xyon Min yong'indan aziyat chekkanlarga 100 ming funt xayriya qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal