Solari: "Ajoyib bahsni o'tkazdik"

Mirjalol Normatov
10 yanv 2019, 13:23
"Leganes"ga qarshi uchrashuvdan keyin "Real" bosh murabbiyi Santyago Solari o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ajoyib o'yinni o'tkazdik. Vinisius oldinga qadam tashlamoqda. Iqtidor har doim kerak, biroq "Real"da shunchaki o'ynab bo'lmaydi. Bu yerda buyuk futbolchilar o'ynashgan. U o'ziga bo'lgan ishonchni oshirib bormoqda. Uning kuchi, energiyasi ko'pligi bilinib turibdi.

Keylor Navas o'zini yaxshi ko'rsatdi. U professional, uning o'tmishini, hozirgi holatini va kelajagini qattiq hurmat qilaman. U biz uchun kerakli futbolchi.

Isko? Jamoada 24 nafar futbolchi bor. Mening asosiy ishim - kimgadir yomon bo'lsa-da, asosiy tarkibni to'g'ri tanlash", - dedi Solari.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca