"So'g'diyona"ning 7 nafar futbolchisi "Metallurg"ga qarshi o'ynamaydi

Narzulla Saydullayev
12 may 2017, 16:21
Bugun oliy liganing 10-turida "So'g'diyona" "Metallurg" mehmoni bo'ladi.

"So'g'diyona"ning 7 nafar a'zosi bugun jamoaga yordam bera olmaydi. Alisher Mahmudov, Sanjar Rashidov, Izzatilla Abdullaev, Suhrob Qobilov, Sunnatilla Mamadaliev jarohati sabab jamoaga yordam bera olmaydi.

Elyor Orifovning sariq kartochkalari soni 4taga etdi. Sardor Qulmatov esa 4ta o'yinga chetlatilgan.

"So'g'diyona" matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia