"So'g'diyona": Zomindagi tayyorgarliklar yakunlandi

Narzulla Saydullayev
15 iyul 2014, 08:06
"So'g'diyona" bugun Jizzaxga qaytdi.
Jamoa kecha Zomindagi tayyorgarliklarni yakunladi. Futbolchilarga ikki kunlik dam olish berildi. Mashg'ulotlar 16 iyuldan Toshkentda davom ettiriladi. U yerda bir qator nazorat uchrashuvlari o'tkazish rejalashtirilgan. Tarkibda hozirda hech qanday o'zgarishlar yo'q. Biroq poytaxtdagi yig'inda jamoaga bir qator futbolchilar taklif etilishi ko'zda tutilgan.  Qayd etib o'tish joizki, jamoa Davron Fayziev qo'l ostida tayyorgarliklarni olib bormoqda.

Quyida Zominda olib borilgan mashg'ulotlardan olingan fotojamlanma bilan tanishishingiz mumkin.


 

 

 

 

 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz