

“So'g'diyona“ bu talablarga muvofiq o'z ayollar jamoasiga ega bo'ldi.
“So'g'diyona” ayollar jamoasi bugun qishki yig'inga kirishdi. “So'g'diyona” ayollar jamoasiga yangi murabbiy tayinlandi. Endilikda Gulnora A'zamova ayollar futbol jamoasi bosh murabbiyi vazifasida o'z ishini boshlaydi.
Ma'lumot uchun, Gulnora A'zamova 1968 yilda tug'ilgan. A licenziyasiga ega. Shu kungacha Gulnora A'zamova “Lokomotiv”, “Quruvchi”, “Neftchi”, “Andijon”, O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasida faoliyat olib borgan.
Bugun jamoa yangi murabbiy qo'l ostida qishki mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Qo'yida bugungi mashg'ulotdan fotogalereyani tomosha qilishingiz mumkin.






"So'g'diyona" matbuot xizmati



