Slaven Bilich: "Arsenal"ga qarshi bahs Beshiktosh" uchun tarixiy o'yin"

Aziz Tukhtamuradov
19 avg 2014, 19:45
"Beshiktosh" bosh murabbiyi Slaven Bilich YCHL pley-offi doirasidagi "Arsenal"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yin ahamiyati juda yuqori. Raqibimiz kimligini juda yaxshi tushunib turibmiz. Ammo oxirigacha kurashishni istaymiz. Bu "Beshiktosh" tarixidagi eng muhim o'yin. "Arsenal" Yevropaning eng kuchli klublaridan biri, ammo oldimizda o'z rejamiz bor".

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net