Siti futbolchilari YCHLga chiqa olishmasa 500 ming funtdan quruq qolishadi

Narzulla Saydullayev
13 apr 2015, 08:24
Manchester Siti futbolchilari agar mavsum oxirida YCHLga yo'llanma qo'lga kiritilmasa 500 ming funt mukofot pulidan quruq qolishadi.
Daily Mail nashrining xabariga ko'ra, agar jamoa Yevropaning eng kuchli musobaqasiga yo'llanma olsa jami 12 million funt mukofot puli beriladi.

Eslatib o'tamiz, ayni paytda shaharliklar APLda 4-o'rinda borishmoqda. Bu o'rin keyingi yil YCHL pley-offida ishtirok etish huquqini beradi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru