

- Har doim ishni yangitdan boshlash juda qiyin bo'ladi. Biz uchun o'z uyimizdagi ilk o'yin bo'lgani bois biroz hayajon bor edi. Yangi futbolchilar hali to'liq kirishib ketishlari uchun biroz vaqt kerak. Birinchi bo'limda ham yomon o'ynamadik. Ikkinchi taymda esa rejalarimiz ish berdi va vaziyatlarni golga aylantirishga erishdik.
Jamoani tanaffusdan keyin tezroq optimal sport formaga keltirishga harakat qilyapmiz. Birinchi va ikkinchi davra o'rtasida tanaffus ancha uzoq. Shu boisdan jamoa tezroq o'yin ritmiga kirishi biroz qiyin bo'ladi.
Biz bugun "Neftchi"ga o'z o'yinlarini ko'rsatishlariga yo'l qo'ymadik.
Biz raqibni juda sinchikovlik ilan o'rgangandik.



