Shifoxonaga yotqizilganidan so'ng Agueroning sog'ligi haqida ma'lumot berildi

Alisher
31 okt 2021, 14:03
Argentinalik jurnalist Gaston Edul "Barselona" hujumchisi Serxio Agueroning "Alaves" (1:1)ga qarshi La Liga 12-tur doirasidagi o'yin davomida shifoxonaga olib ketilgani haqida ma'lumot berdi.

"Agueroda taxikardiya sodir bo'ldi. Serxio o'zini yaxshi his qilmoqda. Unda bunaqasi 12 yoshida ham bo'lgan. Shifokorlar uning sog'ligini kuzatishadi", - deb yozadi Edul.

Aguero "Alaves"ga qarshi o'yinning 41-daqiqasida zaxiraga olindi. U bungacha yuragini ushlagan va erga qulagandi. Hujumchi keyinroq yurak tekshiruvini o'tkazish uchun shifoxonaga etkazildi.

33 yoshli argentinalik joriy mavsum 5ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/gastonedul