"Shaxtyor" ustozi matbuot anjumaniga Zorro libosida keldi + FOTO

Tolibjon Qosimov
7 dek 2017, 12:04
Kecha YCHL 6-turi doirasida "Shaxtyor" klubi o'z maydonida "Manchester Siti"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Shu tariqa, ukrainaliklar "F" guruhida ikkinchi o'rin bilan pley-offga yo'l olishdi.
"Shaxtyor" bosh murabbiyi Paulo Fonseka vadasini bajardi va "Siti" bilan uchrashuvdan keyingi matbuot anjumaniga Zorro libosida tashrif buyurdi.

Eslatib o'tamiz, doneckliklar ustozi Xellouin bayramidan keyin agar jamoa YCHLda guruhdan keyingi bosqichga chiqsa, matbuot anjumaniga Zorro libosida kelishga vada bergan edi. Fonsekaning ana shu bayramdagi eng sevimli libosi aynan Zorro kostyumi bo'lgan.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia