

Uchrashuvning birinchi bo'limida mezbonlar yarim himoyachisi Nabil Bentaleb ikkita penalti tepish huquqiga ega bo'ldi va ularni golga aylantira oldi. Shu tariqa Gelzenkirxen jamoasi YCHL tarixida 1-bo'limda ikkita penaltidan gol urgan ikkinchi jamoaga aylandi. Bunday holat ilk bor 2012 yil 30 aprelda “Barselona”-“Milan” uchrashuvida yuz bergandi. O'shanda “Barselona” birinchi bo'limda penaltidan 2 ta gol urgandi.



