Saloh: "Deyarli dekabr bo'ldi va men klubda qolish uchun birorta ham taklif olmadim"

Sherzod Nurmatov
25 noya 2024, 17:31
"Liverpul" yetakchisi va shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadigan yulduz Muhammad Saloh mersisaydliklar unga yangi shartnoma taklif qildimi, degan savolga javob berdi.

"NBC Sports"ga bergan intervyusida misrlikning so'zlariga ko'ra, hozir deyarli dekabr, ammo "qizillar" hali uning shartnomasini uzaytirish uchun hech qanday choralar ko'rmadi.

"Deyarli dekabr bo'ldi va men klubda qolish uchun birorta ham taklif olmadim, shuning uchun qolishdan ko'ra ko'proq ketadiganga o'xshayapman", – dedi Muhammad Saloh.

Salohning "Liverpul" bilan bitimi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amalda bo'lgani sababli, yanvar oyidayoq u boshqa klublar bilan erkin agent sifatida shartnoma tuzish uchun muzokara olib borishi mumkin bo'ladi. Avvalroq futbolchi joriy mavsum u uchun "Enfild"dagi oxirgisi bo'lishi mumkinligiga bir necha bor shama qilgan edi.

Eslatib o'tamiz, Saloh yaqinda faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkinligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: NBC Sports