Salani eltib qo'ymoqchi bo'lgan uchuvchining licenziyasi bo'lmagan ekan

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2019, 12:24
"Kardiff Siti" yangi futbolchisi Emiliano Sala o'tirgan samolyotning yo'qolishi borasida tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, tekshiruv ishlari davomida samolyotni boshqargan uchuvchi Devid Ibbotsonda pulli uchishlar uchun licenziya bo'lmagan ekan. Ayni damda Salaning reysi pulli yoki xususiyligi aniqlanmoqda.

Eslatib o'tamiz, bu transfer oynasida Sala "Nant"dan "Kardiff"ga o'tgan edi. 21 yanvar kechasi hujumchi xususiy samolyotda Uelsga uchib ketdi va qo'nishdan bir soat oldin samolyot radarlarga ko'rinmay qoldi. 24 yanvar kuni policiya qidiruv ishlarini to'xtatdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times