Rustam Ashurmatov: "Yaponiya hamda Koreya har xil uslubga ega jamoalar"

Tolibjon Qosimov
23 yanv 2018
O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov Janubiy Koreyaga qarshi OCH yarim final uchrashuvi oldidan OAV vakillari savollariga javob berdi va uchrashuv terma jamoa uchun muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.

“Ushbu uchrashuvga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Yaponiyaga qarshi o'yindagi shijoat va o'yinni Koreyaga qarshi uchrashuvda ham ko'rsatishga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Chorak finalda qanday o'yin namoyish etgan bo'lsak, bu safar yanada yaxshiroq o'ynaymiz.

Yaponiya hamda Koreyani solishtirmagan bo'lardim. Ikkalasi ham kuchli jamoa, ammo, ularning uslubi turli xil. Ushbu uchrashuvga jiddiy qaraymiz va barcha barchani xursand qilishga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz”, - dedi Ashurmatov.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com