Rummenigge yaqin vaqtlarda "Bavariya"ning Xoland bilan shartnoma imzolashini istisno etdi

Alisher
13 dek 2021, 14:28
"Bavariya" sobiq boshqaruv kengashi raisi Karl-Xaync Rummenigge Myunxen klubining "Borussiya" (Dortmund) forvardi Erling Xolandga qiziqishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

"Bavariya" Xoland bilan shartnoma imzolashga harakat qilmaydi.

Gap faqatgina moliyaviy holatda emas, balki hozirda dunyoning eng kuchli "to'qqizlik" futbolchisi bo'lgan Robert Levandovskiga hurmatda", - deydi boshqaruvchi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Xolandning agenti rayola futbolchining o'tishi mumkin deb "Bavariya", "Real", "Barselona" va "Manchester Siti" klublarini tilga olgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild