Rummenigge: “Levandovski faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o'tkazdi. U “Oltin to'p”ga loyiq”

27 iyul 2020, 23:34
“Bavariya” direktorlar kengashi rahbari Karl-Xaync Rummenigge “Oltin to'p” sovrinini bu yil hech kimga topshirilmasligi haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirdi.

“Robert Levandovski ushbu mavsumda faoliyatidagi eng yaxshi o'yinlarini namoyish etdi. Afsuski, France Football Oltin to'p sovrinini bu yil hech kimga bermaslikka qaror qildi. O'ylashimcha, bu noto'g'ri qaror.

Biz bu borada FIFA bilan maslahatlashamiz. Chuki Fransiya chempionatidan tashqari barcha chempionatlarda mavsum yakuniga etkazildi. Bu sovrin uchun ovoz berish jarayonini yana kun tartibiga olib chiqish uchun  Janni Infantino bilan gaplashib ko'ramiz”, dedi Rummenigge.

O'xshash yangiliklar


Manba: @iMiaSanMia