

Rummeniggening fikricha, o'z milliy terma jamoalarida o'ynagan janubiy amerikalik futbolchilar kerakli tibbiy yordam olmayapti.
"Futbolchilarni davolashga jiddiy qarashmayapti. Janubiy amerikaliklar tibbiy xizmatni sezilarli darajada kuchaytirishi kerak. Braziliyada ularni samolyotga "bizdan keyin nima bo'lsa bo'lsin", deb o'tkazishgan. Janubiy Amerika klublari o'z futbolchilarini tibbiy yordamga muhtoj qilib yubormasligi kerak" - deydi Rummenigge.



