"Rubin"dagilar Oston O'runovni sotib olish ishi qay tariqa amalga oshmaganini aytishdi

Mirjalol Normatov
22 dek 2020, 18:55
"Rubin" bosh direktori Rustem Saymanov o'zbekistonlik yarim himoyachi Oston O'runovning amalga oshmagan transferi haqida gapirdi.

"Avvaliga rad etishdi. Keyinchalik narxni aytishdi. To'g'risini aytganda, bu pulga 3 nafar futbolchini sotib olsak bo'ladi. Biroq yakunda biz yaponiyalik futbolchining transferini amalga oshirdik. Shu bilan mavzu yopildi", - dedi Saymanov.

O'runov 2020 yil yozida "Ufa"dan "Spartak"ka transfer qilingandi. 20 yoshli futbolchi ushbu mavsumda "Spartak" tarkibida 9 o'yinda qatnashdi va 1 gol urdi. Uning klubdagi shartnomasi 2025 yilda yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal