

"O'yin sifatini inobatga olsak, bizda ochkolar ko'proq bo'lishi kerak edi. Mag'lub bo'lgan ayrim o'yinlarni biz nazorat qildik, bosimda ushladik, lekin ochkolarni berib yubordik. Ko'proq ochko to'play olmaganimiz bizni g'azablantiradi, ayniqsa "Everton"ga qarshi o'yin.
Biz yanada yaxshiroq o'ynashga qodirmiz. So'nggi bahsda yanada yaxshiroq o'ynay olardik. O'yindagi voqeliklarni hisobga olsak, g'alaba qozonishimiz kerak edi. Shu boisdan raqib darvozasi oldida keskinroq bo'lishimiz kerak. G'alaba qozona olmasak, klub ichida nimalar bo'layotganini yaxshi bilamiz", - dedi Amorim.



