Bekoboddagi o'yindan keyin Ro'ziqul Berdiev borasida qaror qabul qilindi

Narzulla Saydullayev
28 okt 2020, 22:25
Coca Cola Superliga 21-turi doirasida “Metallurg”ga qarshi uchrashuvda raqib jamoa futbolchisi shaniga xaqoratli so'zlar ishlatgani uchun “Nasaf” jamoasi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev maydondan chetlatilgan edi.

O'zbekiston Futbol Associaciyasi tartib-intizom qo'mitasi ushbu holatni ko'rib chiqdi.

Unga ko'ra, Ro'ziqul Berdiev 1 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va moddiy jarimaga tortildi.

Bunday holat yana takrorlansa, murabbiyga nisbatan jiddiy choralar ko'rilishi haqida ogohlantirildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz