Ro'ziqul Berdiev: "Hakamning maydondagi harakati ham, chiqarayotgan qarori ham bizga tushunarsiz bo'ldi"

Sherzod Nurmatov
18 okt 2020, 19:19
Superliga 19-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Nasaf" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirdi.




O'yin haqida

Odatda "Buxoro" jamoasi himoyaviy o'yin ko'rsatardi, bugun yanada himoyaviyroq o'yin namoyish etdi. Ularning rejasini buzish uchun birinchi bo'limdagi vaziyatlardan gol ura olishimiz lozim edi. O'shanda hujumda yaqqol ustunlikka ega bo'lishimiz mumkin edi. "Buxoro" ikkinchi bo'limda ko'pchilik bo'lib himoyalandi va bizga vaziyat yaratishga ko'p ham imkon bermadi. Vaziyatlardan unumli foydalanishda hujumchilarimizga sovuqqonlik yetishmadi.

O'ylaymanki, bugungi durang ikki jamoani ham qoniqtirmaydi, chunki bizga ham, ularga ham g'alaba kerak edi.

Bugungi uchrashuvga hakamlar o'z ta’sirini ko'rsatishdimi?

Hakamlar haqida oldin hech gapirmasdim. Lekin bugungi hakam saviyasi va darajasi pastdek ko'rindi menga. Chunki uning maydondagi harakati ham, chiqarayotgan qarori ham bizga tushunarsiz bo'ldi. Bunga nima sabab bo'lganligini bilish qiyin. Yakkakurashlardagi vaziyatlarda ko'p xato qildi, bazi vaziyatlarda g'alati-g'alati qarorlarni chiqardi. Hakamlardan bu darajadagi hakamlikni kutmagandik.    

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia