Roy Kin "Arsenal"ning chempionlik uchun kurashdagi asosiy muammosini ko'rsatib o'tdi

Sherzod Nurmatov
30 apr 2024, 18:42
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Roy Kin "Arsenal"ning chempionlik uchun kurashdagi asosiy muammosini aytdi.

"Arsenal" uchun muammo shundaki, ular tarixdagi eng yaxshi jamoalardan biri bilan kurashishmoqda. Ha, "Arsenal" oldinga siljiydi, qolgan 3 ta o'yinda g'alaba qozonsa, ochkolar bo'yicha o'tgan yilgi natijasini yaxshilaydi.

Ammo muammo – bu "Manchester Siti". Ular uchun ham, so'nggi bir necha yil ichida "Liverpul" uchun ham. "Siti" – eng buyuk jamoalardan biri bo'lib, har qanday jamoa uchun jiddiy chaqiriq", – dedi Kin. 

"Arsenal" hozirda 80 ochko bilan APL musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Manchester Siti" 1 ochkoga ortda qolmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports