Roy Kin: "Agar Yang MYU futbolchisi bo'lsa, unda men xitoylikman"

Aslanov Jasurbek
5 noya 2015, 15:49
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Roy Kin SSKAga qarshi bahsda (1:0) Eshli Yangning o'yinini tanqid qildi.

"Agar Eshli Yang "Manchester Yunayted" darajasidagi futbolchi bo'lsa, unda men xitoylikman. Uning ishi sharmandalik. Kattalar unga tanbeh berishi lozim. "Manchester Yunayted"da bunga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Bir-ikki marta bo'lsa mayli edi, ammo biz 9 yoki 10 marotaba uning sho'ng'ishiga guvoh bo'lyapmiz va Yang bu ishni avvalgi klublarida ham qilgan" - deydi Kin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ITV